avatar
Куч
0.20
Рейтинг
+0.48

Мақолалар

Keksalarni e'zozlagan xalq - ABADIY yashaydi!

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim mahallamiz faxri.
Reja:
1.Qarisi bor uyning parisi bor
2.Bobomning yoshlik davridagi ilm egallashdagi zahmatlari
3.Yurtimizda qariyalar doim ardoqda.
 
Qarisi bor uyning parisi bor deydi dono xalqimiz. Men shu maqolning mazmunini bobom va buvim timsolida ko’rmoqdaman. Har kuni dasturxon atrofida bobom o’zining serhikmat nasihatlari bilan biz nabiralarini to’g’ri yo’lga yetaklaydilar. Biz yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko’rib, qo’shni davlatlardagi notinch vaziyatlarn, o’zining bolalik davridagi ko’rgan qiyinchiliklarni eslab bobom doim bizga: ,,Yurtboshimiz yoshlarga yaratgan bunday imkoniyatlar dunyodagi ko’pchilik davlatlardan topish qiyin, bu kunlarning qadriga yeting, o’qishda ilg’or bo’ling. Qani endi men ham yosharib qolsamda, bu ajoyib imkoniyatlardan foydalansam ’’-, deydi. ,,Qani mening yoshlik yillarimda  ham shunday sharoitlar bo’lganida edi”-, deb o’z bolalik, talabalik davrlarini eslab bizga so’zlab beradilar. Men ham sizlar bilan bobomning yoshlik xotiralarini o’rtoqlashmoqchiman.
Bobomning bolalik yillari 2-jahon urushi davridan keying davrlarga to’g’ri keladi. Bobom maktab yoshiga yetganda qishlog’ida maktab bo’lmagan, lekin bu uning o’qishga bo’lgan kata ishtiyoqini so’ndira olmagan. U o’z ishtiyoqi bilan uzoq bo’lishiga qaramay tuman markaziga qatnab o’qigan, bu masofa o’n uch kilometrni tashkil etgan.U paytlarda darsliklar, o’quv qurollari yetishmagan.Hozir esa yurtboshimizning biz yoshlarga bo’lgan e’tibori tufayli ilm egallash uchun zamonaviy maktablar, litseylar, kollejlar, oliy o’quv yurtlari barpo etilmoqda va zamonga mosholda jihozlar, o’quv adabiyotlari bilan ta’minlangan.
Bobom oliy o’quv yurtini imtiyozli diplom bilan tamomlab, qadrdon qishlog’iga o’qituvchi bo’lib qaytdi, direktorlik darajasigacha erishdi.2002-yil nafaqa yoshida bo’lishiga qaramay fizika fani bo’yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DavlatTest  Markazida tanlovda qatnashib 1- darajali diplom bilan taqdirlandilar.   Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib o’zi rahbarlik qilgan maktabning reytingini sakkiz yil davomida birinchi o’rinda saqlab turishga erisha olgan.
2015-yil yurtboshimiz tashabbusi bilan ,, Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Bizning yurtimizda keksalar doimo e’zozda va ardoqda. Mening bobom biz yoshlarga yaratilgan sharoitlarni ko’rib bundan unumli foydalanib ulkan yutuqlarga erishimizni juda xohlaydi. Va bunga imkoniyat, shart-sharoitlar yaratib berganlar. Mahallamizda bobomni kata izzat-ehtirom bilan e’zozlashadi. Hozirgi kungacha mahallamizdagi yoshlarning beminnat maslahatgo’yi, oliy o’quv yurtlariga kirish bo’yicha berib turadi. Shuni aytib o’tishim kerakki, o’n besh yil fizika fanidan qo’shimcha dars berib, yuzdan ortiq abituriyentlarni talabaga bo’lish imkoniyatini yaratib bergan. Bundan tashqari bobom mahallamiz faxriy faollaridan biri. Bobom o’zining dono maslahatlari bilan mahallada uchraydigan muammoli vaziyatlarni hal etishda yordam beradilar. Bobom mahallamizdagi eng tinib–tinchimas insonlardan biridir,  bo’sh vaqt topdim deguncha, bir ishni etagini olib qo’yadi.Men bobomning yutuqlaridan faxrlanaman, men ham bobom kabi yurtimiz ravnai uchun o’z hissamni qo’sha oladigan yetuk inson bo’lishga intilaman.
 
 
Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanidagi 77-maktabning
 
 
8-A-sinf o’quvchisi Maxmatillayev  O’tkir. Telefon raqam: +998987757753
 

“Mening bobom, buvim- mahallamiz faxri.”

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
"Ko'mak" guruhi  Reja: 1. Qarisi bor yurtning –ertasi bor. 2. Keksalar – tinchlik va urush sarhisobchilari. 3. Mening bobom mahallamiz ko’rki. 4. Keksalarni e’zozlagan elda aziz. Mustaqil yurtim, O’zbekiston kelajagi buyuk, ertasi porloq vatan! Men shu yurtda tug’ilib, o’sib –ulg’ayganimdan juda ham faxrlanaman.Yurtimiz O’zbekistonning bugungi kunga yetishishimizda keksalarning o’rni kattadir. Hozirda maslahatgo’y, vatanparvar keksalarimizga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan bu yilgi 2015-yilning nomlanishi ham “Keksalarni e’zozlash yili” deb nomlandi va Davlat Dasturi qabul qilindi.